SportUz.Net

Ronalduning Sloveniyadagi mehmonxonada yotgan karavoti sotuvga qo'yildi + FOTO

03.04.2024 10:00    


Rasmni yuklab olish

Kollekciyaning boshlang'ich narxi 68 million so'mni tashkil etadi.

Sloveniyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushgan Portugaliya terma jamoasi yulduzi Krishtianu Ronalduning mamlakatdagi mehmonxonada yotgan karavot aukcionga qo'yildi.

Beshta "Oltin to'p" sohibi jamoaning Lyublyanaga safari chog'ida Portugaliya terma jamoasining Grand Plaza mehmonxonasida istiqomat qilgan. Portugaliya esa kutilmaganda Sloveniyaga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Mehmonxona vakillari ushbu karavotni xayriya maqsadlariga ishlatishni maqul ko'rdi. Kimoshdi savdosi shu oy oxirida bo'lib o'tadi va karavotning boshlang'ich narxi 5000 evro (taxminan 68 million so'm)ni tashkil qiladi. Kollekciya narxi o'n ming evrodan oshishi kutilmoqda.

Takidlanishicha, ushbu aukciondan tushgan mablag' xayriya ishlariga yo'naltiriladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: