SportUz.Net
logo

"Legiya" bosh murabbiyi Yaxshiboev haqida fikr bildirdi

14.02.2021 22:23    


Rasmni yuklab olish

"Legiya" bosh murabbiyi CHeslav Mixnevich Polsha Ekstraklasasining 17-turidan o'rin olgan "Yagelloniya"ga qarshi o'yindan oldin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Bosh murabbiyga Jasur Yaxshiboev haqida ham savol berildi.


- Jasurbek Yaxshiboev? Undan umidimiz katta. Uning qanday o'yinchi ekanini bilamiz, to'g'ri hali maydonda uni ko'rmadik. Tibbiy ko'rikdan tezroq o'tishiga umid qilaman. Umid qilamanki, barchasi yaxshi bo'ladi. Boshidanoq undan mo'jiza kutmayapman. Jasur yangi joy va muhitga moslashishi kerak. Yangi do'stlari bilan tanishib olishi va nimalarga qodirligini ko'rsatishi uchun vaqt kerak. Uning o'yinlaridan tayyorlangan videolarni ko'rdim va kelajakka optimistik ruhda qarayapman. Umid qilamanki Yaxshiboev bizga ko'p yordam beradi.

- U bir nechta poziciyalarda o'ynay oladi. 4-3-3 sxemasida vinger sifatida, bizning yangi variantimizda esa Bartosh Kapustka yoki Lukinyasning o'rnida o'ynashga qodir. Hujumdagi istalgan nuqta uning uchun begona emas, - deydi CHeslav Mixnevich. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: