SportUz.Net
photo photo

Rasman. Nursulton Ro'ziboevning UFC'dagi navbatdagi raqibi, jang sanasi va manzili elon qilindi. Raqib top-15 vakili!

25.04.2024 08:57    


Rasmni yuklab olish

O'rta vazn toifasida o'zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboevning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.

Hamyurtimiz 11 maydan 12 mayga o'tar kechasi AQSHning Sent Luis shahrida tashkil etiladigan UFC Fight Night turniri doirasida oktagonga ko'tariladi.

Ro'ziboevga o'sha kuni yarim o'rta vazn toifasi reytingida 11-o'rinni egallab turgan amerikalik Xoakin Bakli (18-6-0) raqiblik qiladi. Bu haqda UFC rahbari Dana Uayt malum qildi.

Eslatib o'tamiz, Ro'ziboev o'zining so'nggi jangida Sedrik Dyumani birinchi raundda nokaut orqali taslim etgan edi. Xoakin Bakli esa Ro'ziboevning jamoadoshi Visente Lyukeni ikkinchi raundda nokautga uchratgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: