Ahamiyatlisi, musobaqa doirasida bokschimiz SHohjahon Abdullaev ham o'z jangini o'tkazadi. Hamyurtimiz oqshomning ikkinchi asosiy jangida (co main event) ringga ko'tariladi.
Abdullaevga asli kubalik, hozirda Ispaniya sharafini himoya qilayotgan charm-qo'lqop ustasi Emmanuel Reyes raqiblik qiladi. Jang 6 raund etib belgilangan.
Turnirning markaziy jangi ispaniyalik Xose Kuiles hamda Bolgariya vakili Xaver Ibanes o'rtasida kechadi.
Janglar oqshomi Toshkent vaqti bilan 21:30 da start oladi.