SportUz.Net
photo photo

Yana bir hamyurtimiz Octagon 58 turnirida jang qiladigan bo'ldi

04.05.2024 16:57    


Rasmni yuklab olish

17 may kuni Qozog'istonning Olma-Ota shahrida MMA bo'yicha Octagon 58 turniri bo'lib o'tadi.

Musobaqadan o'rin olgan navbatdagi jang malum bo'ldi.

Unga ko'ra, engil vazn toifasidagi hamyurtimiz Mavlonbek Mirkomilov (4-2-1) turnir doirasida oktagonga chiqadi. Unga o'sha kuni Qozog'iston vakili Janserik Jaksigululi (5-4-1) raqiblik qiladi.

Eslatib o'tamiz, Mavlonbek Mirkomilov so'nggi jangini 19 yanvar kuni Octagon 54 turniri doirasida Abduraxman Umirzakovga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.

Avvalroq, Octagon 58 turniri doirasida hamyurtimiz Zebiniso Otaqulova ham jang qilishi haqida xabar bergan edik.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: