SportUz.Net
photo photo

U23 Osiyo kubogi: O‘zbekiston eng qimmat tarkibga ega

20.04.2024 16:31    


Rasmni yuklab olish

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi kecha Malayziya U-23 termasiga qayshi o‘yin bilan Parij-2024 yo‘llanmalari tikilgan Osiyo chempionatiga kirishdi.

Transfermarkt portali Osiyo kubogi starti arafasida barcha ishtirokchi jamoalar tarkibidagi futbolchilarning umumiy transfer summasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston olimpiya jamoasi musobaqaning eng qimmatbaho tarkibiga ega. - 15,85 million yevro. Keyingi o‘rinlar Yaponiya va J.Koreya termalariga tegishli.

1. O‘zbekiston — 15,85 million yevro

2. Yaponiya - 12,6 million yevro

3. J.Koreya — 9,68 million yevro

4. BAA - 7,73 million yevro

5. Avstraliya - 6,68 million yevro

6. Indoneziya - 4,8 million yevro

7. Tojikiston - 4,03 million yevro

8. Xitoy - 3,05 million yevro

9. Qatar - 2,68 million yevro

10. Vyetnam - 2,18 million yevro

11. Tailand — 2,03 million yevro

12. Malayziya — 1,98 million yevro

12. Quvayt - 1,98 million yevro

14. Iroq - 1,90 million yevro

15. S.Arabistoni - 1,54 million yevro

16. Iordaniya - 850 ming yevro

Transfermarkt portali ma’lumotlari asosida Osiyo kubogining eng qimmatbaho futbolchilaridan alohida ramziy jamoa ham tuzib chiqildi. Unda Yaponiya termasidan 5 nafar futbolchi bor. Shuningdek, O‘zbekiston (3 nafar), J.Koreya (2 nafar) va BAA 1 nafar) termalari vakillari tarkibdan joy olishdi.

Darvozabon: Leo Kokubo (Yaponiya) - 750 ming yevro

Himoyachilar: Riku Xonda (Yaponiya) - 700 ming yevro, Abdulla Abbos al Balushiy (BAA) - 800 ming yevro, Ryuya Nisio (Yaponiya) - 600 ming yevro, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (O‘zbekiston) - 800 ming yevro

Yarim himoyachilar: Pe Jun Xo (J.Koreya) - 1,5 million yevro, Sota Kavasaki (Yaponiya) - 1 million yevro, Abbos Fayzullayev (O‘zbekiston) - 5 million yevro

Hujumchilar: Hojimat Erkinov (O‘zbekis­ton) - 800 ming yevro, Mao Xosoya (Yaponiya) - 1,6 million yevro, Yan Xyon Jun (J.Koreya) - 2 million yevro

Ko‘rinib turibdiki, olimpiya jamoamiz yetakchisi Abbos Fayzullayev turnirning eng qimmatbaho ishtirokchisi - 5 million yevro. Keyingi o‘rinlar J.Koreya termasi a’zosi Yan Xyon Jun (2 million yevro) va Yaponiya termasi vakili Mao Xosoya (1,6 million yevro)ga tegishli. Aytgancha, O‘FA «Lans» bilan kelishuvga erishsa, himoyachi Abduqodir Husanov ham eng qimmatbaho futbolchilar ramziy jamoasidan joy oladi. Ayni payt uning transferi 2 million yevroga baholanmoqda. Ma’lumot uchun, Abbos Fayzullayev hozircha jamoamiz bilan birga emas.

Bu vaqtda Osiyo kubogi ishtirokchilari birin-ketin tarkibga o‘zgartirish kiritishdi. «Futbolium» kanalida yozilishicha, Indoneziya, J.Koreya, Malayziya va Qatar termalari turnir doirasidagi birinchi o‘yinlariga qadar reglamentga asosan, tegishli o‘zgarishlarga qo‘l urdi. Xususan, koreyslar Angliya klublaridan jalb etilgan birdaniga 2 nafar futbolchi o‘rniga «K»-liga vakillarini olishdi. Shu tariqa J.Koreya termasi «zayavka»sida 3 nafar legioner qoldi. O‘zbekiston terma jamoasining yakuniy tarkibi esa kecha, birinchi o‘yin boshlanishidan kamida 6 soat oldin e’lon qilinishi aytilgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: