SportUz.Net
photo photo

KXDR Tokio Olimpiadasida ishtirok etmaydigan bo'ldi

06.04.2021 21:00    


Rasmni yuklab olish

SHimoliy Koreya Tokio Olimpiadasida ishtirok etmasligini bildirdi.

Bu qarorga kelishga sabab, sportchilarni koronavirusdan saqlash deya izohlangan. Bu haqida Sports in DPR Korea nashriga asoslanib RIA Novosti xabar bermoqda.

"KXDR Olimpiya qo'mitasi 32-Olimpiya o'yinlarida qatnashmaslikga qaror qildi. Bunga sabab, koronavirus tufayli dunyoda sog'liqni saqlash bilan bog'liq bo'lgan vaziyatning yomonlashganligidir. KXDR o'z sportchilarini saqlashni maqsad qilgan", - deb yozadi portal.

Eslatib o'tamiz, Tokio Olimpiadasi aynan pandemiya sabab 2020 yildan 2021 yilga ko'chirilgandi. Avvalroq, Olimpiada chet ellik muxlislarsiz o'tkazilishi elon qilingandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: