O'sha kuni u Demian Mayyaga qarshi jang qiladi. Buni menejer Ali Abdel-Aziz ham tasdiqladi.
43 yoshli Mayya 2020 yilning mart oyida Gilbert Byornsga birinchi raundda nokaut evaziga mag'lub bo'lgandi. 32 yoshli Bilol Muhammad esa o'tgan oy Leon Edvardsga qarshi jang qilgandi. Ammo Bilolning ko'ziga raqibining qo'li kirib ketganligi sababli jang to'xtatilgan va bahs o'tkazilmagan deb hisoblangandi.