SportUz.Net
photo photo

Endi Ruis Uaylderga qarshi jang qilmoqchi ekanini aytdi

06.09.2022 10:00    


Rasmni yuklab olish

Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Endi Ruis kubalik Luis Ortisni mag'lub etganidan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Amerikalik bokschi bu jangda g'alaba qozongani va bu orqali chempionlikka yaqin kelgani haqida gapirdi.

"Yaxshi jang o'tkazdim. Albatta bu qiyin bo'ldi, ammo menda tajriba bor. Ortisga qarshi hujumlar uyushtirdim, zarba berdim va uni yiqitdim" - dedi Endi Ruis.


SHuningdek, Ruis bir yilda uch yoki to'rtta jang o'tkazishini va keyingi raqib kim ekanini aytdi.

"Keyingi jangni uzoq kutish niyatim yo'q. Yana kamida uch yoki to'rtta jang o'tkazmoqchiman. Meni tayyorman, chempion bo'lishni istayman. Deontey Uaylder bilan bitta promoushenda jang qilamiz. El Xeymon, bu jangni tashkil qil. Keling buni amalga oshiramiz!", - deya qo'shimcha qildi Ruis.

Eslatib o'tamiz, to'liq davom etgan jangda Endi Rusi Luis Ortisni ochkolar hisobida mag'lub etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: