SportUz.Net
photo photo

Meksikadagi UFC turnirining asosiy jangi tasdiqlandi

30.01.2025 09:45    


Rasmni yuklab olish

29 mart kuni Meksikaning Mexiko shahrida UFC turniri o'tkaziladi.

Promoushen rahbarlari UFC on ESPN 64 turnirining asosiy jangini elon qilishdi. O'ta engil vazn toifasida o'z janglarini o'tkazib kelayotgan meksikalik Brendon Moreno avstraliyalik Stiv Ercegga qarshi oktagonga chiqadigan bo'ldi. 

Aslida Erceg 1 mart kuni Las-Vegasdagi UFC Fight Night 253 turnirida qozog'istonlik Asu Almabaevga qarshi jang o'tkazishi kerak edi. Ammo jarohat sabab Stiv bu jangdan "echildi" va uning o'rniga qozog'istonlikka braziliyalik Alan Nasimento yangi raqib sifatida berildi.

Malumot uchun, Stiv Erceg o'tgan yilning may oyida ushbu vazn chempioni Aleksandr Pantojaga qarshi oktagonga chiqib, hakamlar qaroriga ko'ra ochkolar hisobi bo'yicha yutqazib qo'ygandi. O'tgan yilning avgustiyada u ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Bu safar Erceg Kay Kara-Fransga birinchi raundning o'zida texnik nokaut evaziga imkoniyatni boy berdi.

Ushbu vaznda sobiq UFC chempioni Brendon Moreno esa 2024 yilning noyabr oyida ketma-ket ikki mag'lubiyatdan keyin muvaffaqiyatli tarzda qayta olgandi. U to'liq davom etgan jangda Amir Albazidan ustun kelgan edi. Ungacha meksikalik Aleksandr Pantoja va Brendon Royvalga mag'lub bo'lgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: