"Joshua mening g'alaba onlarimni o'g'irladi, deb o'ylash noto'g'ri. Entoni nimadir demoqchi bo'lgandi. Xudoga shukur, g'alaba qozondim. Entonini qilgan ishi uchun ayblash noto'g'ri. U professional sportchi va yaxshi inson. Joshua xato qildi", — deya Usikning so'zlarini keltiradi Sky Sports.
Usik britaniyalik bokschiga doim yordam berishga tayyor ekanini aytdi.
"Joshua buni g'azab ustida qilgani yo'q. Entoni mag'lubiyatdan xafsalasi pir bo'ldi. U meni mag'lub etmoqchi bo'ldi. Lekin u taslim bo'la olmaydi. U olg'a borishi kerak. Agar unga yordamim kerak bo'lsa, doim tayyorman. U 40 yoshda emas. U endigina 33 yoshga kirdi. SHuning uchun u o'z ustida ishlashi kerak. Entoni, to'xtama!", - deya qo'shimcha qildi Usik.