SportUz.Net
photo photo

Nihoyat, Dana Uayt Islam Maxachevni tan oldi

20.01.2025 09:33    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Islam Maxachev UFC 311 turnirining markaziy jangida braziliyalik Renato Moykanoni birinchi raundning o'zida bo'g'ib qo'ygandi.

Maxachev o'z kamarini to'rtinchi bor muvaffaqiyatli himoya qildi. Bu bilan rossiyalik aralash yakkakurash ustasi vazn toifasidan qati nazar UFC promoushenining eng yaxshi jangchisi ekanini isbotladi. Nihoyat, bu fikrga tashkilot rahbari Dana Uayt ham qo'shilgan ko'rinadi.

"Ikkala jangchi ham o'zlarini yaxshi tomondan ko'rsata olishdi. Moykano juda qisqa muddatda taklifga o'z roziligini berib, chempionga qarshi oktagonga chiqdi. Islam menga – aka, men chempionman, ertaga kim bilan jang qilishimning farqi yo'q, ertalab uyg'onaman va istalgan raqibga qarshi bahsda kamarimni himoya qilaman. U o'z so'zida turdi va g'alaba qozondi. Ha, men uni endi P4P reytingi peshqadami sifatida tan olaman. SHuningdek, Maxachev engil vazn toifasi tarixidagi eng yaxshi jangchi ham bo'ldi. O'ylaymanki, bu borada sizni savollar tug'ilmaydi. Yoki sizlar boshqa fikrdamisizlar?", – dedi Uayt. 

Avvalroq, Dana Uayt bir necha bor P4P reytingida birinchi o'ringa og'ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Jon Jonsni qo'yib kelgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: