SportUz.Net

Leon Edvards Kamaru Usmanga qarshi trilogiya haqida gapirdi

23.08.2022 10:20    


Rasmni yuklab olish

Yarim og'ir vazn toifasida UFC chempioni britaniyalik Leon Edvards nigeriyalik sobiq chempion Kamaru Usman bilan trilogiya haqidagi savolga javob berdi.

"Jangdan oldin ham u bilan yana uchrashishimizni bilardim. Xozir yoki keyin bu muhim emas. Muhimi revansh bo'ladi. Usman uzoq vaqtdan beri chempion bo'lgan va hafta vaznidan qati nazar dunyoning eng yaxshi jangchi deb atalgan. U buni aytgan va ishongan edi. Ammo, oktagonda chempionlik kamar hech kimga tegishli emas.

Bu mening vaqtim ekanligini his qildim. Koronavirus va boshqa bo'lib o'tgan hodisalardan keyin shunday bo'lishi kerak edi. Jangdan bir hafta oldin o'zimni kerakli joyda ekanligimni his qildim va natijada toza nokautga erishdim", — dedi Edvards jangdan keyingi matbuot anjumanida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: