SportUz.Net

O'zbekistonlik sportchi 4 kundan so'ng UFCda jang qiladi

12.02.2025 01:15    


Rasmni yuklab olish

15 fevral kuni Las-Vegasda UFC Vegas 102 turniri o'tkaziladi.


Hamyurtimiz, Nursulton Ro'ziboevning ukasi Mashrabjon Ro'ziboev 4 kun qolganda ushbu turnirda jang qilishga rozilik berdi. 


Mazkur turnir doirasida Kaue Fernandes va Jared Gordon o'zaro jang qilishi lozim edi. Ammo Fernandes jarohat oldi va jangda qatnasha olmaydigan bo'ldi. Mashrabjon Ro'ziboev esa jangda qatnashish taklifiga rozilik berdi. 

SHu tariqa, yakshanba tongida kichik Ro'ziboev UFC'da debyut jangini o'tkazadigan bo'ldi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: