U yurtimizga tashrifi davomida matbuot anjumanida qatnashdi, bir necha TV kanallarga intervyu berdi, shuningdek kecha "Humo Arena"dagi boks oqshomini tomosha qildi.
U poytaxtimizdagi "Befit Pro" sport majmuasida ochiq mashg'ulotda qatnashdi.
Ushbu ochiq mashg'ulot davomida AIBA rahbari yosh bokschilarimiz bilan ham muloqot qildi va ularga omad tiladi. Ochiq mashg'ulotlarda u bokschimiz Bahodir Jalolov bilan birga ishladi. Terma jamoamiz murabbiylari esa mashg'ulot ishtirokchilariga ko'rsatma berib turishdi.
Tadbir yakunida bokschilarimizga maxsus boks qo'lqoplari sovg'a qilindi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati