SportUz.Net

Marlon Tapales Murodjon Ahmadaliev bilan shu yilning o'zida jang qilmoqchi

18.08.2022 12:00    


Rasmni yuklab olish

Filippinlik bokschi Ahmadalievni ortiq kuta olmasligini bildirdi.

Murodjon Ahmadalievning IBF kamariga majburiy davogar hisoblangan filippinlik bokschi Marlon Tapales KAKA bilan shu yilning o'zida jang qilmoqchi.

"Men bu jang shu yil ichida bo'lishini xohlayman. U buyuk jahon chempioni, mahoratli va epchil bokschi. Ammo ishonchim komilki, mening uslubim unga juda mos keladi va menda uni mag'lub etish uchun arsenal bor. Bu to'qnashuvni tezroq tashkil etish uchun kurashni menejer hamda promouterimga topshiraman. Sport zalida qattiq mehnat qildim va bu jangni uzoq kuta olmayman", - dedi Marlon.

Avvalroq murabbiy To'lqin Qilichev KAKA bu yil ringga qaytmasligi, kelasi yilning yanvar-fevral oylarida filippinlik Marlon Tapalesga qarshi ringga chiqishi mumkinligini aytgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: