«Jangni bu darajada tez yakunlashini kutmagandim.Yaratganga shukur, ilk bahsimda g'alabani qo'lga kiritdim, endi keyingi bahslarda ham g'alaba qozonishga harakat qilaman. Tokio Olimpiya o'yinlaridan so'ng professional boksda jang qilib, jahon chempionligini qo'lga kiritishni maqsad qilganman. Raqibimni avvalgi janglarini ko'rmagandim, shu sababli ham men birinchi raundda raqibimni o'rganishga harakat qilib, ikkinchi raundda taktik yurishlarni amalga oshirmoqchi edim. Xudoga shukur birinchi raundning o'zida nokaut qilishga erishdim»,-dedi Mirazizbek Mirzaxalilov.