Ayni daqiqalarda ertangi boks oqshomi ishtirokchilarini tarozidan o'tkazish marosimi o'tkazilyapti. Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do'smatov ertaga prof boksdagi uchinchi jangini tanzaniyalik Muhsin Kizotaga qarshi o'tkazadi. Tarozida har ikkala bokschi ham bir xil - 48.7 kg tosh bosdi.
Malumot uchun, Kizota faoliyati davomida 13 ta jangda ishtirok etgan bo'lib, 11 g'alaba, 2 mag'lubiyat qayd etgan. Mazkur to'qnashuv vakant qolgan WBA International kamari uchun kechadi. Jang davomiyligi 10 raund qilib belgilangan.
Hasanboydan avval Iqboljon Xoldorov - 69 kg, uning raqibi Kulva Bushiri -68.8 kg, Sanjar Tursunov - 91.2 kg, ukrainalik Ivan Yuxta - 89.4 kg vaznga ega ekani malum bo'ldi.