"Birinchi jangimdan 43500$ gonarar olganman. Ikkinsidan 94000$, uchinchi jangimdan esa 105000$ miqdoridagi gonorarga ega bo'lganman.
Endi esa mening harajarlarimni eshiting. 30% soliqlar, 10% dan har bir murabbiyimga, umumiy hisobda ikki murabbiy 20%. Umumiy hisobda 50%. SHu bilan birga 15% menejerimga, 10% esa yo'l harajatlari uchun. UFC faqatgina men va birgina murabbiyimga uchish harajatlarini to'laydi. Qolganini esa o'zim to'layman. Tayyorgarliklarga ham kamida 10-20% harajat ketadi. SHunda menda qancha qoladi? Faqatgina 20 foiz", - deydi Mahmud Murodov.
Eslatib o'tamiz, Mahmud Murodov UFC'dagi uch jangining ikkitasida "Kechaning eng yaxshi chiqishi" uchun bonusga ega bo'lgan va 50000$ miqdoridagi mukofot pulini qo'lga kiritgan. Ikkinchi va uchinchi janglardagi gonararlarning birinchi jangdagisidan sezilarli ravishda ko'pligiga sabab ham aynan shu.