Bu haqda jangchining jiu-jitsu bo'yicha murabbiyi Alan Nasimento malum qilgan.
"Hozir u 95 kg vazn ko'rsatmoqda, men unga avgust oyida o'rta vazndagi kim bilandir jang qilishni, sentyabrda esa yana yarimo'rta vaznga qaytishini maslahat berdim. Derek Branson Darren Tillni mag'lub etgan edi, unga bu imkoniyat yoqadi, biroq hammasi UFC'ning qaroriga bog'liq. Agar UFC avgust oyida Neyt Diaz bilan yoki oktyabr oyida Belal Muhammad bilan jangga kelishsa, biz tayyormiz. Xamzat faollikni saqlab qolmoqchi", - deya takidagan murabbiy.
Eslatib o'tamiz, Xamzat CHimaev so'nggi bor mart oyida, Gilbert Byonsga qarshi jang qilgan edi.
Avvalroq, Xamzat CHimaev uchun eng munosib raqib haqida xabar bergan edik.
27 sentyabr kuni Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar (to'liq ro'yxat)