"Nima bo'lganini tushunmadim. Men jangga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandim. Bugungi jangimga nisbatan ancha yaxshi harakat qilishim mumkin edi. Bu men uchun birinchi besh raundlik jang bo'ldi. Men xatolarim ustida ishlashda davom etaman.
Meni qo'llab-quvvatlab turganlardan bugungi mag'lubiyat uchun uzr so'rayman. Lekin nima bo'lgan taqdirda ham, men bugungi jangda g'alaba qozongandim. Beshta raundning uchtasini o'z foydamga hal qilgandim.
Ochig'i, hakamlar qaysi jangni ko'rishgan tushunmadim. Men hali qaytaman, chunki hali ancha yoshman", - dedi Arman.
Yulduzli juftlik janglarida referilik qilgan Guido Kavaleri ishtirokidagi seminar boshlandi
Bahodir Jalolov, SHahram G'iyosov va Dilshodbek Ro'zmetov Qirg'izistonga jo'nab ketdi