SportUz.Net
photo photo

Kanelo tibbiy chetlatishdan so'ng mashg'ulotlarga qaytmoqda

25.06.2022 13:20    


Rasmni yuklab olish

Bu haqda jurnalist Edgar Valero o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida malum qildi.

Meksikalik afsona Saul Alvares rossiyalik Dmitriy Bivolga qarshi jangdan so'ng tibbiy chetlatish olgan edi.

Eslatib o'tamiz, Bivol va Alvares o'rtasidagi jang shu yilning may oyida bo'lib o'tgandi. 12 raund davom etgan jangda hakamlar qarori bilan rossiyalik bokschi g'alaba qozongandi - 115:113. Jangdan so'ng Nevada shtati sport komissiyasining qaroriga ko'ra meksikalik bokschi 45 kunlik tibbiy chetlatish olgan edi.

Malumot uchun, 2022 yil 17 sentyabr kuni Alvares va qozog'istonlik Gennadiy Golovkin o'rtasidagi uchinchi jang o'tkazilishi rejalashtirilgan. Trilogiya Las-Vegasda bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: