SportUz.Net
photo photo

"Bu mening aybim emasligi malum". Kovalev Bektemir bilan jang oldidan diskvalifikaciyaga uchragani haqida gapirdi

28.03.2021 18:40    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik yarimog'ir vaznli bokschi Sergey Kovalev Bektemir Meliqo'zievga qarshi jangdan oldin taqiqlangan moddalar qabul qilganini rad etmoqda.

"Menga bundan so'ng nima bo'lishi juda qiziq. Vakolatli organlarga bu mening aybim emasligi malum. Hozir malum nazorat ostidaman. O'ylashimcha, bu ikki uch oy davom etadi. Agar hech qanday muammo chiqmasa, yozda ringga qaytsam kerak. 

Hozircha, kim bilan jang qilishimni bilmayman. Ehtimol, Meliqo'ziev bilandir. To'g'risi, hozir men bu haqida o'ylamayapman. Muhimi - keyingi jang borasidagi muzokaralarni qayta tiklab olish. Menga kim bilan jang qilishni umuman farqi yo'q", - dedi Sergey Kovalev.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: