"Humo Arena" mezbonlik qiladigan professional boks kechasining markaziy jangida ikki yo'nalishda jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev yaponiyalik Ryosuke Ivasadan kamarini himoya qilishidan xabaringiz bor.
Biroz avval yaponiyalik bokschi O'zbekistonga etib keldi. U Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Kutib olish marosimida O'zbekiston boks federaciyasi mutasaddilari, OAV xodimlari va boks muxlislari ishtirok etishdi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati