SportUz.Net

Aleksandr Volkov: "Miochich - Ngannu birinchi jangdagidek o'tadi. Bu safar ham yana Stipe yutadi"

25.03.2021 11:40    


Rasmni yuklab olish

UFCning rossiyalik og'ir vazn jangchisi Aleksandr Volkov divizion chempioni Stipe Miochich va Fransis Ngannu o'rtasidagi jang haqidagi taxminlari bilan o'rtoqlashdi:

“Birinchi jangdagi kabi Miochich navbatdagi bahsda ham g'alaba qozonadi. Menimcha, shu vaqt ichida Ngannu xuddi shunday ustunlik qilishni amalga oshirishga muvaffaq bo'lgan deb o'ylamayman.

Agar Ngannu uni birinchi raundda nokaut qila olmasa, keyingi raundlarda bundan afsuslanadi.

Ha, u dastlabki besh daqiqada xavfli. Menimcha, hozirda u birinchi raunddagi eng xavfli og'ir vaznli bokschi, ammo birinchi jangda sodir bo'lgan voqea Miochichning har tomonlama birinchi darajali ekanligini ko'rsatadi: kurashda, zarba berish texnikasida va balki jismoniy holatda ham", - deydi Volkov.

Eslatib o'tamiz, Miochich va Ngannu o'rtasidagi jang 27 mart kuni UFC 260 turnirida bo'lib o'tadi. 2018 yildagi birinchi jangda Miochich hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongandi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: