SportUz.Net
photo photo

"Humo Arena"dagi jang oqshomi. Hasanboy Do'smatovning raqibi o'zgardi

25.03.2021 09:20    


Rasmni yuklab olish

Avvalroq Hasanboy Do'smatov Toshkentdagi jang oqshomida venesuelalik Aleksis Dias bilan jang qilishi haqida xabar qilgandik.

Ammo Boxer Tv kanalining malum qilishicha, Hasanboyning raqibi o'zgargan. Unga ko'ra, "Humo Arena"da o'tkaziladigan jang oqshomida bokschimizga tanzaniyalik Muxsin Kizota raqiblik qiladi. Ushbu jang mintaqaviy kamarlardan biri uchun bo'lishi kutilmoqda.

Malumot uchun, Kizota shu kungacha prof boksda 13 ta jang o'tkazgan va ularning 11 tasida g'alaba qozongan (5 ta nokaut). 2 ta jangda mag'lubiyatga uchragan (1 ta nokaut). 

Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do'smatov esa prof ringda ikkita jang o'tkazib, ularning har ikkisida ham raqiblarini nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: