ESPN malumotlariga ko'ra, buning uchun harakatlar allaqachon boshlangan.Qayd etilishicha, bu yozda bo'lib o'tishi mumkin, aniq sanasi malum emas.
Oldinroq Lomenchenkoning promouteri Bob Arum bunday jangni tashkil qilish imkoniyati haqida gapirgan edi.
Nakatani WBC, IBF va WBO ning eng yaxshi 15 talik reytingdan joy olgan. So'nggi jangda u Feliks Verdexoni nokautga uchratdi. 2019 yilda esa Teofimo Lopesga yutqazgandi.
Vasiliy Lomenchenko ham oxirgi jangida Teofimo Lopesdan mag'lubiyatga uchrab, mutlaq jahon chempionligi unvonidan mahrum bo'ldi.