
Rossiyalikning so'zlariga ko'ra, ularning ikkinchisi chempionlik kamari uchun kurashishga munosib emas.
"Oliveyra va CHendler chempionlik uchun kurashishiga rozilik bildirasizmi? Men Oliveyra fikriga qo'shilaman, u yaxshi g'alabali seriya qayd etmoqda. Ammo CHendler haqida men umuman rozi emasman. Yigit ligada bitta jang o'tkazgan. U o'zining qanchalik yaxshi ekanligini sinab ko'rishga ulgurmagan. CHarlzning birinchi jangi juda tez yakunlandi. Jastin Getji kamar uchun bahlashishi mumkin edi, ehtimol Dastin Pore", - dedi Maxachev RT Sport MMA You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, CHarlz Oliveyra va Maykl CHendler o'rtasidagi to'qnashuv 15 maydan 16 mayga o'tar kechasi bo'lib o'tadi.
ATFC'ning Brave CF Ligasi bilan Buxoroda o'tkazadigan turniri to'liq kardi elon qilindi
Xabibning jamoadoshi PFL chempioni Movlid Xaybulaev doping sabab bir yilga chetlatildi