SportUz.Net

Xamzat CHimaev: Xushxabar! Men hammaning dodini berish uchun qaytayapman

24.03.2021 11:00    


Rasmni yuklab olish

UFC jangchisi Xamzat CHimaev tez orada oktagonga qaytishini malum qildi.

Bu haqida u o'zining "Instagram"dagi sahifasida xabar berdi.

"Xushxabar! Men hammani dodini berish uchun ham qaytayapman", — deya surat ostida izoh yozib qoldirgan CHimaev.

Xamzatning qaytishi haqida uning menejeri Ali Abdel-Aziz ham o'z "Instagram" sahifasida xabar yozgan: "Tez orada".

Eslatib o'tamiz, Xamzat CHimaevda koronavirus aniqlanganidan so'ng uning sog'lig'ida jiddiy muammolar yuzaga kelgandi. SHundan so'ng asli chechenistonlik jangchi faoliyatini yakunlashini aytgan edi. Lekin shaxsan CHecheniston Respublikasi rahbari Ramzan Kadirov CHimaevni Grozniyga taklif qilib, uning salomatligi haqida qayg'urgandi. Aynan Ramzan Xamzatning qaytishiga sabab bo'lmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: