Unga amerikalik Jeyk Kolle raqiblik qiladi.
Aslida esa Orlovskiy Jastin Tafaga qarshi jang qilishi kerak edi, biroq Jastin UFCni tark etdi.
Musobaqa tashkilotchilari bu vaziyat yuzasidan biror-bir rasmiy malumot bermadi. Jang 30 aprel kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan.
43 yoshli Andrey Orlovskiy UFCda 2000 yili debyut qilgan. U MMAda 53 jang o'tkazib, 33 bor g'alaba qozondi va yigirma marta mag'lubiyatga uchradi. Bundan tashqari, uning yana ikkita jangi bo'lmagan deb topilgan. 33 yoshli Jeyk Kollening UFCdagi rekordi 2-2. Amerikalik jangchining UFCga o'tishigacha bo'lgan natijalari 13-6. Malumot uchun, og'ir vaznning amaldagi chempioni fransiyalik jangchi Frensis Ngannu hisoblnadi.