SportUz.Net
photo photo

Islam Maxachev: Getji va Pore chempionlik uchun jang qilishi mumkin edi, ammo UFC har doim o'z rejalariga ega

21.03.2021 14:20    


Rasmni yuklab olish

Possiyalik engil vazn toifasidagi UFC jangchisi ushbu vazndagi vakant qolgan kamar uchun Mayk CHendler va CHarlz Oliveyraning kurashishi haqidagi qaroriga fikr bildirdi:

"To'g'risini aytganda men Oliveyraning fikriga qo'shilaman, u yaxshi g'alabali seriya qayd etmoqda. Ammo CHendler borasida mutlaqo noroziman, chunki u ligada bitta jang o'tkazgan. CHendlerni qandayligini tekshirishga hali ulgurmagan edilar. Uning birinchi jangi juda tez yakunlandi.

Nazarimda, Jastin Getji va Dastin Pore kamar uchun kurashishlari mumkin edi. Ammo bilmayman, ularning har doim o'z rejalari bor.

Getji bilan jang qilishim mumkin. Biz Jastinni bilamiz, biroq do'st emasmiz. U hozir ham bo'sh. Nima uchun yo'q? Getji bilan jang qilganimdan xursand bo'lardim.

Getji va Ali Abdul-Aziz uchalamiz to'qnashuv haqida kelisha olamizmi? Bu unday hal qilinmaydi. Men siz bilan, siz esa men bilan jang qilishni xohlaysiz, bu etarli emas. UFC - juda katta jamoa, ular hamma narsani tahlil qilishadi, bu jangdan nima olishimizni, keyin nima bo'lishini oldindan ko'ra olishlari lozim. Yagona yo'l shu", - deya Maxachevning so'zlarini keltiradi Fightnews.ru.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: