SportUz.Net
photo photo

Azizbek ringga ko'tarilgan oqshomning markaziy jangi 10 raund davom etdi FOTOGALEREYA

21.03.2021 08:00    


Rasmni yuklab olish

Moskva shahridagi "Megasport" arenasida navbatdagi professional boks kechasi o'tkazildi.

Oqshomning markaziy jangi yarim og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda WBC va IBF yo'nalishlari chempioni rossiyalik Artur Beterbiev davogar bokschi, asli kelib chiqishi rossiyalik, hozirda Germaniya sharafini himoya qilayotgan Adam Deynesga qarshi ringga ko'tarildi.

O'n ikki raundga mo'ljallangan chempionlik jangi muddatidan avval yakunlandi. O'ninchi raundda Beterbiev raqibini texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi. Deynes navbatdagi kuchli zarbani o'tkazib yuborganidan so'ng referi jangni to'xtatdi. Adam birinchi raundning o'zidayoq nokdaun holatiga tushib qolgan edi. 

Artur 2019 yilning oktyabr oyidan buyon ilk bor ringga ko'tarildi. O'shanda u ukrainalik Aleksandr Gvozdikni mag'lub etib, raqibining WBC kamarini tortib olgandi. Deynes ham so'nggi jangini 2019 yilda o'tkazib, Evgeniy Maxtienkodan ustun kelgandi.

Etiborlisi, Artur ilk bor Rossiya hududida o'z jangini o'tkazdi. Bundan avvalgi janglarning aksariyati Kanadada tashkil etilgandi. Bu Beterbievning faoliyatidagi 16-g'alabasi bo'ldi. U barcha janglarini nokaut bilan yakunlagan. Deynes esa faoliyatidagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: