SportUz.Net
photo photo

Rasman: Isroil Madrimov Mishel Soroga qarshi revansh jangi o'tkazadi

08.03.2022 13:40    


Rasmni yuklab olish

WBA Madrimov - Soro revansh jangini o'tkazishga buyruq berdi.

WBA superyarim o'rta (-69,85 kg) vazn toifasida Isroil Madrimov (8-0, 6KO) va Mishel Soro (35-3-1, 24 KO) o'rtasida chempionlik kamariga majburiy davogar maqomi uchun revansh jangi o'tkazilishini tasdiqladi. 

Tomonlarga jang bo'yicha muzokaralarni yakunlash uchun 30 kun muddat belgilangan bo'lib, kelishuvga erishilmagan taqdirda ochiq promouterlik savdosi bo'lib o'tadi. 

2021 yil 17 dekabr kuni Toshkentda bu ikki bokschining o'zaro jangi natijasi esa saqlanib qolinadi. O'shanda to'qnashuvning 9-raundida hakam gong ovozini eshitmagan, shundan so'ng Madrimov raqibga bir necha zarbalar yo'llashi natijasida texnik nokaut qayd etilgan edi. 

Bundan norozi bo'lgan Soro jamoasi tashkilotga revansh berilishini so'rab murojaat qilgan edi. Va mana tashkilot Soroning taklifini qanoatlantirdi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: