SportUz.Net

Ramazon Temirovning vaznidagi qozog'istonlik UFC jangchisi markaziy jangda oktagonga chiqadi

07.02.2025 10:21    


Rasmni yuklab olish

Asu Almabaev 1 mart kuni aynan Ramazon Temirov bilan oqshomda jang o'tkazishi haqida xabar bergan edik.

Endi u AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkaziladigan UFC Fight Night 253 turnirining markaziy jangida oktagonga chiqadigan bo'ldi. Qozog'istonlik aralash yakkakurash ustasi jarohat olgan Brendon Royvalning o'rniga Manel Kapega qarshi jang qiladi. Ushbu to'qnashuv UFC Fight Night 253 turnirining asosiy jangi bo'ladi. 

Ramazon Temirov ham aynan shu oqshomda o'zining promoushendagi ikkinchi jangini o'tkazadi. U aynan Asu bilan bitta vazn vakili hisoblanadi. G'alabali seriya davom etsa, ikki qo'shni jangchilar oktagonda bir-birlariga qarshi to'qnash kelib qolishlari mumkin. 

Malumot uchun, 31 yoshli Asu Almabaev mag'lubiyatsiz seriya bilan kelmoqda. U UFC oktagonida 4 ta g'alaba qayd etgan. Oxirgi jangida Mateus Nikolauni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi. Manel Kape esa o'tgan yilning dekabrida Bruno Silvani uchinchi raundda texnik nokaut evaziga taslim etgandi. 

Ayni paytda Manel Kape hamda Asu Almabaev mos ravishda o'ta engil vazn toifasi reytingida oltinchi va sakkizinchi o'rinlarni band etgan. Almabaev UFC turnirlarining markaziy bahsida oktagonga chiqqan ilk qozog'istonlik jangchiga aylanadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: