SportUz.Net
photo photo

Bivol qaysi o'zbek bokschilari bilan sparring jang o'tkazishi malum qilindi

13.02.2022 15:00    


Rasmni yuklab olish

Murabbiy To'lqin Qilichev Dmitriy Bivolning tashrifi sababi, u bilan sparring qiladigan bokschilariiz haqida gapirdi.

Xabaringiz bor, kecha tunda jahon boks yulduzlaridan biri Dmitriy Bivol mashg'ulot o'tash uchun yurtimizga keldi. Uni aeroportda taiqli bokschilarimiz, murabbiylarimiz va OAV xodimlari kutib oldi. SportUz.Net sayti muhbiri fursatdan foydalanib terma jamoamiz murabbiyi To'lqin Qilichevga bir nechta savol bilan yuzlandi:

«Jahon boksi yulduzlaridan biri Dmitriy Bivol aynan O'zbekistonga mashg'ulot o'tash uchun kelishiga sababi - bizni oxirgi vaqtlarda ko'rsatayotgan natijalarimiz deb o'ylayman. Yaxshi natijalar baribir chempionlarni chorlaydi. Ularda ham savol tug'iladida, nimaga ular chempion bo'lyapti, qani biz ham bir ko'raylikchi degan fikr uyg'onadi. Oshni kuchigami, qazini kuchigami yoki mehmondo'stligimizgami? Qiziqib ko'radi boshqalar ham. SHu maqsadda ularning o'zlarida ham bizning yigitlar bilan birgalikda yig'in o'tkazish uchun xohish bo'ldi. Ular federaciyamizga chiqishdi, federaciyamiz vakillari bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilishdi. Bu biz uchun ham katta motivaciya. 

Hozirgi vaqtda Bivolning Kanelo bilan jang qilishi haqida muzokaralar ketyapti. Bu jangning qanday katta masshtabdaligini gonoraridan ham bilsa bo'ladi. Bivol kabi yulduzlarning jamoasini ko'rib bizning yosh shogirdlarimizda ham chempionlik ruhi yanada ortishiga ishonaman. Bizga bu judda katta foyda. Biz bular xursand bo'lib ketishi va yana boshqa chempionlar kelishi uchun yig'inimizni alo darajada o'tkazishga harakat qilamiz. Ular ham yurtimizda mashg'ulot qilib chempionlikni qo'lga kiritsa, aytadi keyin - O'zbekistonda tayyorgarlik ko'rib chempion bo'ldim, deb. Mana hozir yig'inning birinchi bosqichini shu erda qiladi, agar yoqsa ikkinchi-uchinchi bosqichlarini ham O'zbekistonda qilar, balki.

Bivol bilan albatta bizning bokschilar o'rtasida sparringlar bo'ladi. Biz Ro'zmetov, Aslonov, Merjanov kabi bokschilarimizni taklif qilamiz», - dedi Qilichev.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: