SportUz.Net
photo photo

Uittakerga qarshi jangda Kostani kim almashtirishi malum

17.03.2021 09:40    


Rasmni yuklab olish

O'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Robert Uittakerga yangi raqib berildi.

Robert 17 aprel kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC turnirining markaziy jangida braziliyalik Paulo Kostaga qarshi oktagonga ko'tarilishi lozim edi. Lekin Kosta kuni kecha churra (gryja) sabab shifoxonaga yotqizildi. UFC esa bu holatda darhol Uittakerga yangi raqib topib berdi. Endi u Kevin Gastelumga qarshi oktagonga chiqadi.

O'zi aslida Gastelum - Uittaker jangi 2019 yilning yanvar oyidayoq o'tkazilishi kerak edi. Lekin jang kuni Robert aynan churraning huruj qilishi sababli shifoxonaga joylashtirilgan va tabiiyki, jang bekor qilingandi. SHu yilning fevralida Gastelum ketma-ket uchta mag'lubiyatli seriyasiga chek qo'yib, Yen Xeynishdan ustun kelgandi. Uittaker esa aksincha, ketma-ket ikki g'alabaga erishdi – Darren Till va Jared Kannone taslim etildi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: