Britaniyalik jahon chempionlari o'rtasida ikkita jang o'tkaziladi va bokschilar bo'lajak super to'qnashuvlar shartnomasiga o'z imzolarini qo'yishdi.
"Eng qiyini ortda qoldi. So'nggi ikki oyda bu janglarni tashkil etish bo'yicha katta hajmda ish olib borildi. Jangga mezbonlik qilish bo'yicha takliflar etarlicha bo'ldi. Sakkiz yoki to'qqiz davlat bu bo'yicha o'z taklifini jo'natdi. Yaqin SHarq, Osiyo, SHarqiy Evropa hamda Amerika qitasi davlatlaridan qiziarli takliflar oldik. Ishonchim komil, bu nafaqat boks, balki sport tarixidagi ahamiyatga molik voqeylik bo'ladi. Bu janglarga mezbonlik qiluvchi mamlakat imidji uchun ham yaxshigina reklama", — deydi jang tashkilotchisi, Joshuaning promouteri Eddi Xirn.
Xabarda aytilishicha, Fyuri va Joshua o'rtasidagi birinchi jang birlashtiruvchi chempionlik jangi maqomida bo'ladi. Yani, o'rtaga har ikki bokschiga tegishli kamarlar qo'yiladi. G'olib mutlaq jahon chempioniga aylanadi. Mag'lub bokschi esa revansh jangida ringga chiqish huquqini qo'lga kiritadi.
Arman Carukyan CHarlz Oliveyraga: "Mening ismimni aytishdan qo'rqma, qattiq urmayman"