SportUz.Net
photo photo

Hakamlar Morenoning g'alabasini istashmadimi? Ular statistik malumotlarga etibor bermay, kamarni Figeredoga berishdi. Qanday qilib?

23.01.2022 21:20    


Rasmni yuklab olish

Bugun UFC 270 kechasining Co main Event jangida o'ta engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Brendon Moreno Deyvison Figeredoga qarshi oktagonga ko'tarildi.

Ajoyib tarzda o'tgan 25 daqiqalikda Figeredo ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi va chempionlik kamarni o'ziga qaytarib oldi. Qizig'i, jangda zarba berish va nazorat qilish borasida ustunlikka erishgan Brendon Moreno ochkolar hisobiga ko'ra ham g'olib bo'ldi. 

Jang davomida meksikalik raqibiga 273 ta zarba yo'lladi, Figeredo esa 174 ta. SHuningdek, aniq zarbalarda ham ustunlik Brendonning foydasiga - 119-89. 

Endi bir savol tug'iladi. Hakamlar qanday qilib g'oliblikni Deyvisonga berishdi? Balki, ular jangchilar o'rtasidagi to'rtinchi jangni ko'rishni xohlashgandir. Yana kim biladi deysiz.


Moreno-Figeredo: hakamlar hujjatidan ko'chirma + FOTO



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: