SportUz.Net
photo photo

UFC prezidenti: Xamzatning mentalitetida "killerlik" bor

15.03.2021 11:40    


Rasmni yuklab olish

UFC prezidenti Dana Uayt BT Sport nashriga bergan intervyusida yana bir bor Xamzat CHimaevning keyingi rejalariga to'xtalib o'tdi.

Xabaringiz bor, asli chechenistonlik, bir necha yildan beri SHveciya sharafini himoya qilib kelayotgan CHimaev koronavirusga chalingan va hozirda Grozniy shahrida COVID-19`dan halos bo'lish uchun davolanyapti.

"Xamzat hozir dam olishi kerak. Uni tinchlantira olmaslik - eng katta muammo. U ayni paytda umuman mashg'ulot o'tkazmasligi lozim. Lekin CHimaev bunga amal qilmayapti. Biz uni har kuni nazorat qila olmaymiz, qolaversa, u yosh bosha emas. Uning mentalitetida "killerlik" bor. Ko'ramiz, hammasi nima bilan yakunlanar ekan. Agar rostan ham Xamzat faoliyatini yakunlamoqchi ekan, bu uning qarori", - dedi Uayt.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: