SportUz.Net
photo photo

UFC 270 asosiy kardidan o'rin olgan bitta jang bekor qilindi

22.01.2022 10:20    


Rasmni yuklab olish

Xabar berganimizdek, ertaga AQSHning Kaliforniya shtati Anaxaym shahrida bu yil hisobidan dastlabki raqamlangan UFC turniri bo'lib o'tadi.

Qizig'i, oqshomga bir kun qolgan bir paytda asosiy karddan o'rin olgan braziliyaliklar ishtirokidagi jang o'tkazilmaydigan bo'ldi. O'rta vazn toifasi vakillari Rodolf Vieyra hamda Vellington Turman o'rtasidagi jang nomalum sabablarga ko'ra bekor qilindi. 

Jang boshqa muddatga ko'chirilmaydi. Xabarda Turmanning ushbu jang uchun vada qilingan gonorarni olishi malum qilingan. Demak, katta ehtimol bilan braziliyaliklar o'rtasidagi jang Vieyraning aybi bilan bekor bo'lgan.  

Rodolf Vieyra 8 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan. Oxirgi jangini o'tgan yilning iyul oyida amerikalik Dastin SHtolcfusga qarshi o'tkazib, uchinchi raundda muddatidan avval g'alaba qozongan edi. 

Turman 17 g'alaba va 5 mag'lubiyatga ega. O'tgan yilning avgust oyida amerikalik Sem Alvidan ochkolar hisobiga ko'ra ustun kelgandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: