SportUz.Net
photo photo

Rasman! Yaroslav Amosov - Maykl Peyj jangi tasdiqlandi

18.01.2022 09:40    


Rasmni yuklab olish

Yarimo'rta vaznda amaldagi Bellator chempioni Yaroslav Amosovning ilk himoya jangi rasman o'z tasdig'ini topdi.

Ukrainalik jangchi 13 may kuni Londonda o'tkaziladigan turnirda reytingda birinchi o'rinni egallab turgan britaniyalik Maykl Peyjga qarshi oktagonga ko'tariladi. 

Tabiiyki, ushbu chempionlik jangi Londondagi turnirning markaziy bahsi bo'ladi. 28 yoshli Yaroslav Amosov Bellator promoushenida 7 g'alabadan iborat seriyani davom ettirmoqda. Oxirgi jangida Daglas Limani ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi.

34 yoshli Maykl Peyj esa Bellator promoushenida ketma-ket 6 ta jangda zafar quchgan. Qizig'i, u ham so'nggi jangida Daglas Limani uch raundlik jangda ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: