SportUz.Net
photo photo

ACA 119 turnirining markaziy jangida nokaut qayd etildi

13.03.2021 17:00    


Rasmni yuklab olish

Rossiyaning Krasnodar shahrida aralash yakkakurash bo'yicha navbatdagi MMA turniri bo'lib o'tdi.

ASA 119 turnirining markaziy jangi o'rta vazn toifasida rossiyalik Artyom Frolov hamda braziliyalik Vendres Karlos da Silva o'rtasida o'tkazildi. Jang ikkinchi raundda yakunlandi. Raqibining chap qo'lda bergan kuchli zarbasini o'tkazib yuborgan Silva Frolovga qarshilik ham ko'rsata olmay qoldi. Bu vaziyatda referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. 

Takidlash joiz, Artyom o'tgan yilning dekabr oyida Magomedrasul Gasanovga yutqazib qo'ygandi. Kechagi g'alabasidan so'ng Frolov darhol promoushen rahbarlaridan chempionlik jangi berishlarini so'radi. ASA promoushenining navbatdagi turniri 26 mart kuni Sankt-Peterburg shahrida bo'lib o'tadi. Bo'lajak oqshomning markaziy jangida Felipe Froes va Magomedrasul Xasbulaev oktagonda o'zaro to'qnash kelishadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: