SportUz.Net
photo photo

Kim-kimga qarshi? Toshkentdagi boks kechasida hamyurtlarimizga kimlar raqiblik qiladi?

13.03.2021 10:40    


Rasmni yuklab olish

3 aprel oqshomida jang qiladigan ayrim bokschilarimizning raqiblari aniq bo'lib ulgurdi.

Unga ko'ra, oqshomning asosiy kardida ringga ko'tariladigan bokschimiz Murodjon Ahmadaliev WBA/IBF kamarlarini yaponiyalik majburiy davogar Riosuke Ivasadan himoya qiladi. Malumot uchun, 31 yoshli Ivasa shu kungacha 30 ta (27 ta g'alabadan, 17 ta nokaut) jang o'tkazib, 3 marotaba mag'lub bo'lgan (2 marta nokautga uchragan). Bu to'qnashuv 12 raund bo'lishi belgilangan.

SHahram G'iyosov esa rossiyalik Isa CHaniev(14-3, 6 KO)dan WBA International kamarini himoya qiladi. Jang 10 raundga mo'ljallangan.

Xasanboy Do'smatov Aleksis Diaz (25-2, 17 KO)ga qarshi jang qiladi. Hamyurtimiz 33 yoshli venesuelalik raqibi bilan 10 raund kurashishi belgilangan. Ushbu jang ham mintaqaviy kamarlardan biri uchun o'tkazilishi kutilmoqda. 

Prof boksda debyut qilayotgan iqtidorli charm qo'lqob ustamiz Iqboljon Xoldorov ukrainalik 20 yoshli Volodimir Xordienko bilan 6 raund jang qiladi. Xordienko shu kungacha prof boksda 11 marta ringga chiqqan. 8 ta g'alabaga ega va 3 marta mag'lubiyatga uchragan.

Bundan tashqari, oqshomning boshqa qahramonlari Mirazizbek Mirzahalilov, Isroil Madrimov, Elnur Abduraimov, Sanjar Tursunov, Bahodir Jalolovning raqiblari nomi hali malum emas.

Ushbu jang oqshomi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya Qo'mitasi, O'zbekiston boks federaciyasi, "Matchroom Boxing" promouterlik kompaniyasi hamda DAZN platformasi hamkorliga tashkil etilmoqda.

Eslatib o'tamiz, yurtimizda ilk bor tashkil etilayotgan professional boks oqshomi 3 aprel kuni muhtasham "Humo Arena"da bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: