SportUz.Net
photo photo

Toshkent professional boks oqshomiga mezbonlik qiladi: bugun ushbu shouga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi + FOTO

11.03.2021 18:20    


Rasmni yuklab olish

Toshkent shahri 3 aprel kuni katta sport bayramiga mezbonlik qiladi.

O'sha kuni poytaxtimizdagi "Humo Arena"da professional boks oqshomi tashkil etiladi. Kechaning markaziy jangida ikki yo'nalishda jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev o'ziga tegishli WBA/IBF kamarini yaponiyalik davogar Ryosuke Ivasadan himoya qiladi. Bundan tashqari jang oqshomi doirasida Hasanboy Do'smatov, Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov, Sanjar Tursunov, Iqboljon Xoldorov hamda Mirazizbek Mirzahalilov kabi bokschilarimiz ham ringga ko'tarilishi kutilmoqda.

Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi binosida ushbu tadbirga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi hamda O'zbekiston boks federaciyasi mutasaddilari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. 

"Bu kun o'zbek sporti tarixiga alohida qayd etiladi. CHunki mamlakatimiz hali bu darajadagi professional boks oqshomiga mezbonlik qilmagan. Ishonamizki, yurtimiz jahonga mashhur "Matchroom Boxing" promouterlik kompaniyasi bilan tashkil etilayotgan ushbu shouni yuqori saviyada o'tkazadi", - dedi tadbir avvalida O'zbekiston boks federaciyasi bosh kotibi.



Anjuman davomida OAV xodimlari o'zlarini qiziqtirgan bir qator savollarga javob olishdi. 


Arenaga kirish va translyaciya



"Pandemiya hali yakuniga etmaganligini hisobga olib, 12 ming kishini o'z bag'riga sig'dira oladigan "Humo Arena"ga 6 ming nafargacha muxlis kiritiladi. Bu borada Sog'liqni saqlash vazirligi bilan birga ham ish olib borilmoqda.

Translyaciya? Hozirda jang oqshomini O'zbekistonda namoyish etish bo'yicha "Sport" hamda "Zo'r TV" telekanali bilan muzokaralar olib borilmoqda. Bu borada yakuniy qarorga kelingach, elon qilinadi", - dedi MOQ departament direktori Alisher Karimov.



Miraziz Mirzahalilov ham professional shartnoma imzoladimi?

"Bokschilarimizning aksariyat qismi "Mir Boksa" kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi. Qolganlar qatori Miraziz ham ushbu kompaniya bilan muzokaralar o'tkazmoqda. Jangga yaqin bu bo'yicha ishlar yakuniga etkaziladi", - dedi O'zbekiston boks federaciyasi xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Mirshohid Tillaboev. 

Anjuman davomida jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan ko'plab savollarga javob olishdi. 


O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati





Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: