Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu MMA oqshomida o'zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro'ziboev ham oktagonga ko'tariladi. Aslida bugungi oqshom hamyurtimiz UFC`ning sobiq jangchisi Andreas Stalga qarshi jang o'tkazishi kerak edi.
Ammo, kutilmaganda, jangga ikki kun qolganida raqib o'zgardi. Bunga Stalning jarohat olgani sabab bo'lgandi. Bugungi jangda Ro'ziboevga franciyalik Ibrohim Mane raqiblik qiladi.
Eslatib etamiz, Nursulton 20 fevral kuni Rossiyaning Samara shahrida "Open Fighting Championship” turniri doirasida bo'lib o'tgan jangda ukrainalik Bogdan Kotlovyanovni birinchi raunddayoq bo'g'ish usulida mag'lub etgan edi.
Bivol Beterbiev bilan revansh haqida: "Hakamlarda hech qanday shubha qoldirmasligim kerak"
Bahodir Jalolov: "Ikki-uch oy vaqt berilsa, Usik bilan jang qilishga tayyor bo'laman"