
UFCchimiz kuni kecha tavallud kunini nishonladi. Etiborlisi, Muradov bu kunni Buxoro shahridagi imkoniyati cheklangan bolalar uyi tarbiyalanuvchilari bilan o'tkazdi:
"Men tug'ilgan kunimni shu yoqimtoy bolalar bilan nishonlashga qaror qildim. Har safar bolalar uyiga borganimda, men uchun qadrdon bo'lgan, dunyodagi eng minnatdor odamlarning yuzlarini ko'raman va bu menga oldinga intilishim uchun motivaciya beradi. Odamlarga yaxshilik ulashish, yoshlarga munosib o'rnak bo'lish-har birimizning asosiy maqsadimiz bo'lishi kerak deb o'ylayman. Tabriklaganingiz, bizni qo'llab-quvvatlaganingiz va ishonganingiz uchun barchangizga katta rahmat. In SHaa Alloh, oldinda bizni yorqin g'alabalar kutmoqda" - deb post qoldirgan sportchi o'zining Instagramdagi rasmiy sahifasida.
Sarvinoz Raxmonqulova



Uaylder: "Pol - Joshua? Men bunday janglarga ko'rgazmali to'qnashuv sifatida qarayman"
Umar Kremlyov boks bo'yicha 2027 yilgi IBA Jahon chempionati qaerda o'tishi mumkinligini aytdi