
Ushbu reytingdan o'zbekistonlik uch nafar bokschi o'rin olgan. Elon qilingan yangi reytingda o'zbekistonlik bokschilarning o'rni o'zgarishsiz qolgan.
Murodjon Ahmadaliev ikkinchi engil vazn toifasida (-55,3 kg) chempion sifatida qayd etilgan. Ahmadaliev shuningdek WBA yo'nalishi chempioni ham hisoblanadi.
Birinchi yarim o'rta vazn toifasida (-63,5 kg) SHohjahon Ergashev to'rtinchi o'ringa joylashgan. Ushbu vaznda chempionlik kamari Josh Teylorga tegishli.
Yarimo'rta vazn (-66,6 kg) toifasida Qudratillo Abduqahhorov esa avvalgidek 1-pog'onadan joy olgan. U mazkur vazn toifasida chempionlik kamari uchun asosiy davogar hisoblanadi. Ayni paytda IBF kamari Errol Spensga tegishli.
Guskov bilan durang qayd etgan Yan Blaxovich Jamal Xillga "vyzov" tashladi va darhol javobini oldi