Braziliyalik 43 yoshli tajribali jangchi 6 may kuni AQSHda amerikalik 31 yoshli Renan Ferreyraga qarshi oktagonga ko'tariladi. Verdum PFL ligasi bilan shartnoma imzolagan bo'lib, bu uning ushbu promoushendagi debyut jangi bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Fabrisio Verdum so'nggi jangini o'tgan yilning iyul oyida UFC promoushenida o'tkazib, Aleksandr Gustafssonni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi. Ferreyra esa 2019 yilning avgustida Jared Vanderani ikkinchi raundda mag'lubiyatga uchratgandi.