SportUz.Net
photo photo

Joze Aldo yarim yilga chetlatilishi mumkin

08.12.2021 15:40    


Rasmni yuklab olish

Yakshanba tongida o'tkazilgan UFC Vegas 44 turniri markaziy jangi ishtirokchilarining olti oylik tibbiy chetlatish olishi kutilmoqda.

Oqshomning markaziy jangida braziliyalik sobiq UFC chempioni Joze Aldo raqibin Rob Fontni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi. SHifokorlarning tibbiy xulosalariga ko'ra har ikki jangchi ham yaqin olti oy davomida jang o'tkaza olmaydi. 

Aldoning ham, Fontning ham jang davomida olgan jarohatlari kutilganidan ham jiddiy bo'lib chiqdi. Aldo o'ng ko'z suyak qismi, Fontda esa chap ko'z suyuk qismi hamda burunning sinishi aniqlangan. 

Eslatib o'tamiz, braziliyalik ushbu jangdan 471 000 dollar ishlab olgan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: