SportUz.Net
photo photo

Bokschilarimiz Yangiobodda navbatdagi yig'inni olib borishmoqda

08.03.2021 17:20    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston boks federaciyasi terma jamoa murabbiylar shtabi rejasi asosida terma jamoamizning navbatdagi yig'ini davom etmoqda.

Toshkent viloyatida joylashgan "Yangiobod" o'quv-bazasida terma jamoamiz azolarining navbatdagi yig'ini boshlandi. Bosh murabbiy Marat Qurbonov boshchiligidagi yig'inda terma jamoamiz azolari jismoniy va taktik tayyorgarlikka alohida etibor qaratishadi. Yig'inlarda bokschilarimizning o'z shaxsiy murabbiylari ham ishtirok etishmoqda.

Mazkur yig'in oldinda turgan xalqaro musobaqalar va Olimpiya o'yinlari uchun tayyorgarlik bosqichi vazifasini bajaradi. Yigitlarimiz O'zbekiston boks federaciyasi shifokorlarining doimiy nazoratida bo'lishadi. Ushbu yig'in 20 martga qadar davom etadi. 

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: